Samarqand viloyati huquq tartibot organlari hamkorligida “Samarqandshahargaz” gaz taʼminoti boʻlimida oʻtkazilgan tadbirda taʼmagirlik holatlari aniqlandi.
“Samarqandshahargaz” boʻlimi operatori, 1985-yilda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan, Samarqand shahrida yashovchi fuqaro B.O. mahalliy fuqaro A.A.ning tabbiy gaz isteʼmolidan mavjud 5 million soʻmlik qarzdorligini soʻndirish evaziga 2,5 million soʻm berishini talab qilib, ushbu mablagʻni olayotgan vaqtida qoʻlga olindi.
B.O. aslida, ushbu fuqarodan olgan pul mablagʻini voqea joyiga oʻzi bilan birga kelgan “Samarqandshahargaz” boʻlimi aholi isteʼmolchilari bilan ishlash operatori A.Oʻ.ga berishi lozimligi boʻyicha koʻrsatma bergan va mazkur holat tezkor tadbir davomida protsessual tartibda rasmiylashtirildi.
Hozirda holat yuzasidan JKning 168-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatish rejalashtirilmoqda, deya xabar bermoqda DXX Samarqand viloyati boshqarmasi.