Smartfon, kompyuter, televizor va boshqa qurilmalar narxi yildan-yilga oshib borishiga iqtisodiy tanazzul, ularni yetkazib berish tizimi buzilishi, boj to'lovlari va shu kabilar sabab bo'layotir. Ammo bu safar odatdagi gajetlarning oxirgi bahosiga sun'iy intellektning rivojlanib borayotgani ham ta'sir ko'rsatadi.

Sun'iy intellekt rivojlanish uchun yanada ko'p resurslar talab qilmoqda

Sun'iy intellekt rivojlanishining yangi yo'nalishlari 2022-yildayoq qayd etilgan. Buni Amerikaning OpenAL kompaniyasi yaratgan ChatGPT chat-boti paydo bo'lishi bilan bog'lashmoqda. Firma uncha katta bo'lmagan startapdan korporatsiyaga aylandi, uning aylanmasi bir necha milliardga dollarga yetadi.

Hozirda shaxsiy neyroset har bir yirik IT-komapaniyasida mavjud. Sun'iy intellekt instrumentlari esa sanoatda, biznesda, davlat boshqaruvi va hatto harbiy texnikada foydalanilayapti. 2025-yilda ishlab chiqarilgan har bir gajet, servis yoki yangilanish uchun opereatsiya tizimi u yoki bu darajada sun'iy intellekt funksiyasiga ega yoki sun'iy intellekt qo'llanilishi mumkin bo'lgan imkoniyatga ega. Neyrotarmoq o'z-o'zidan, ya'ni havodan paydo bo'lmaydi. Uning ishlashi uchun mutaxassislar jamoasi, o'ta kuchli kompyuterlar va ilg'or jihozlar talab qilinadi.

Sun'iy intellektga bo'lgan ehtiyoj texnologiyaning ommalashuvi bilan bir qatorda o'sib boradi. Bozor esa barchani protsessor, videokarta, “xotira” va boshqa tarkibiy qismlar bilan ta'minlashga ulgurmaydi, natijada taqchillik yuzaga keladi.

Kriptovalyuta “shov-shuvi” takororlanishi

Protsessorlar tezkor xotirasi narxi oshishi orqasidan videokartalar ham qimmatlashdi. Ko'pgina zamonaviy videokartalarda qo'llaniladigan GDDR xotirasi kuz boshlaniganidan buyon 30 % ga ko'tarildi. Bu shu bilan bog'liqki, uni ishlab chiqaruvchilar sun'iy intellekt uchun ixtisoslashgan server ta'minotini yo'lga qo'yishni mo'ljallagan. Bu mohiyatan olganda kriptovalyuta “shov-shuvi”ning takrorlanishi. Ya'ni ishlab chiqarish imkoniyati cheklanishi, bitta va aynan o'sha “tugun”da yaratilgan mahsulotlar ko'pligi sharoitida ishlab chiqaruvchilar kriptovalyutaning yanada daromadli bozorini ma'qul ko'rishdi.

Videokartalar bo'yicha yirik ishlab chiqaruvchilar – AMD, Nvidia mahsulot narxini oshirish tashabbuskorlari emas. Biroq “xotira” taqchilligi sharoitida kompaniyalar nafaqat narxni oshirishi, shu bilan birga arzon videokartalar ishlab chiqarishni cheklashlari ham mumkin.

“TechBuzz” nashri mutaxassislarining o'ylashicha, yakuniy hisobda barcha iste'mol texnikasi narx oshishi xavfiga duch kelishi mumkin. Ishlab chiqaruvchilar birinchi galda ko'pchilik xarid qila oladigan mahsulotlar – arzon telefonlar, PK, muzlatkichlar, kir yuvish mashinalari va avtomobillarni “qirqib” tashlaydi. Barchasi tovarlar taqichilligidan boshlanishi mumkin. So'ngra bazaviy texnika sotuvdan shunchaki yo'qoladi, deb xabar berdi lenta.ru.