SamAuto SAZ LE 60 avtobuslarini ishlab chiqarish joriy yil mart oyida boshlangan. Ishlab chiqarish Qostanay shahridagi “SaryarkaAvtoprom” MCHJ zavodining ishlab chiqarish quvvatlari negizida tashkil etilgan.
Oʻtgan kuni Qostanay shahrida Tobol daryosi ustidagi koʻprikning tantanali ochilish marosimida Qozogʻiston bosh vaziri Asqar Maminga avtobuslar namoyishi boʻlib oʻtdi. Xarid qilingan uskunalar eskirgan transportni almashtirish uchun mahalliy tashuvchilarga berildi.
Belgilab oʻtamiz, SAZ past polli yoʻlovchi avtobuslari Qozogʻiston shimolidagi ob-havo sharoitlariga moslashtirilgan. Avvalroq Qostanay avtotashuvchilari SAZni shahar sharoitida sinovdan oʻtkazib, yoʻlovchi avtobuslariga ijobiy baho berilgan edi, deb xabar beradi “Uzavtosanoat” AJ matbuot xizmati.