Uch kun davom etadigan bellashuvlarda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 750 nafar sportchi medallar uchun kurash olib boradi.
Bellashuvlar ayollar, erkaklar va jangovar sambo yoʻnalishida tashkil etiladi. Har bir yoʻnalishda 7 tadan vazn toifasida medallar oʻz egalarini topadi.
Musobaqa poytaxtimizdagi “Universal” (Taekvondo WT assotsiatsiyasiga qarashli) sport saroyida oʻtkaziladi. Bugun soat 17:00da chempionatning tantanali ochilish marosimi tashkil etiladi. Saralash bahslari esa 10:00dan boshlandi.