Buxoro shahri bir necha kun davomida 2006-2007-yillarda tugʻilgan yosh sambochilar Oʻzbekiston chempionatida sovrinli oʻrinlar uchun kurash olib boradi. Musobaqada yurtimizning turli hududlaridan kichik oʻsmir yoshidagi sambochilar kuradi.
Bugun musobaqaning tashkiliy jarayonlari - mandat komissiyasi, qurʼa tashlash va tarozidan oʻtish marosimlari oʻtkaziladi. Ertadan esa asosiy bellashuvlarga start beriladi.
Oʻzbekiston sambo assotsiatsiyasi matbuot xizmati