Sportni rivojlantirish vazirligi xabariga koʻra, musobaqa doirasida kecha oʻsmirlar va oʻsmir qizlar, shuningdek, ayollar jangovar sambosi boʻyicha bellashuvlar oʻtkazildi.
Quvonarlisi, sambochilarimiz musobaqani medallar shodasi bilan boshladi. Oʻsmirlarimiz esa umumjamoa hisobida birinchi boʻldi.
Kechagigi bahslarda quyidagi sambochilarimiz sovrindor boʻldi:
Oʻsmirlar (Oʻgʻil bolalar):
Oltin:
-58 kg: Fazliddin Poʻlatov
-64 kg: Sunnat Boltayev
+98 kg: Mahmudjon Maqsudov
Kumush:
-53 kg: Maqsadbek Komilov
Bronza:
-71 kg: Shahriyor Karimov
-79 kg: Zafarjon Toshtemirov
-88 kg: Azizbek Alimov
-98 kg: Aziz Zubaydullayev
Oʻsmir qizlar:
Oltin:
-47 kg: Ulbusin Hakimova
-54 kg: Gulsevar Oʻroqova
-59 kg: Feruza Boboqulova
-65 kg: Muxlisa Turdiyeva
-72 kg: Sevinch Mahmudjonova
-80 kg: Mohirabonu Yoʻldosheva
Kumush:
-50 kg: Farogʻat Nurmamatova
+80 kg: Barno Jannazarova
Jangovar sambo yoʻnalishida qizlarimiz uchta oltin medalni qoʻlga kiritdi. Quyidagi sambochilarimiz terma jamoamiz hisobiga oltin medallarni qoʻshib qoʻydi:
-50 kg: Musharraf Ibodullayeva
-59 kg: Ibodatxon Agajonova
-80 kg: Mavluda Abdullayeva
+80 kg vazn toifasida Gulmira Ismatova bronza medalini qoʻlga kiritgandi.