Unda jahonning 21 mamlakatidan 80 nafarga yaqin sportchi sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib bordi. Mukofot jamg‘armasi 189 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi bahslarda o‘zbekistonlik sambochilar ham munosib ishtirok etishdi va 4 ta kumush medal qo‘lga kiritishdi.

Terma jamoamiz vakillari orasida Homidjon Mo‘minov (-64 kg), Sarbon Ernazarov (-71 kg), Ulug‘bek Rahmonov (-79 kg) va Ixtiyor Eshmurodov (-88 kg) finalgacha yetib borib, yakunda kumush medalga sazovor bo‘lishdi.

Musobaqa reglamentiga binoan sportchilarimiz kumush medal bilan birga 7 ming AQSh dollari miqdoridagi mukofot puliga ham ega chiqishdi, deya xabar beradi Turizm va sport vazirligi Matbuot xizmati.