Qozogʻistonning Nur-sulton shahrida MDH davlatlari oʻrtasida oʻtkazilgan “Yilning eng yosh olimi – 2021” xalqaro tanlovida Samarqand davlat chet tillar instituti Inliz tili II fakulteti talabasi Shahribonu Abduvahidova ham ishtirok etdi. Tanlovda Shahribonu birinchi oʻrinni qoʻlgan kiritib, “Yilning eng yosh olimi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Shahribonu Abduvahidova shu kunga qadar Amerika, Rossiya, Turkiya, Qozogʻiston kabi davlatlarda oʻtkazilgan xalqaro tanlovlarda ham ishtirok etib, oʻsha davlatlarda ilmiy maqolalarini chop ettirgan.