Maqsad SamDVMCHBUning xalqaro hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish va ilgʻor tajribalarni almashishdan iborat.

Prorektorga universitet Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini qayta ishlash texnologiyasi, standartlashtirish va sertifikatlash kafedrasi mudiri, dotsent Sh.Ishniyazova hamrohlik qilmoqda.

Safar davomida Krakov qishloq xoʻjalik universiteti innovatsion markazi (Polsha), bilan hamkorlik Memorandumi imzolandi. Unda tomonlardan Krakov qishloq xoʻjalik universiteti innovatsion markazi boshqarma boshligʻi, professor Tomash Chex va universitet vakili - prorektor, professor Elmurodovlar ishtirok etishdi.

Memorandum shartlariga koʻra, ilmiy va amaliy hamkorlik - mavjud taʼlim yoʻnalishlariga muvofiq tomonlar qonunchiligida taqiqlanmagan axborot, nashrlar, ilmiy yutuqlar, taʼlim dasturlari bilan almashish;

ilmiy maqolalarni birgalikda nashr etish va konferensiyalar tashkil etish;

oʻquv mashgʻulotlari, stajirovkalar, diplom va doktorlik dissertatsiyalari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish maqsadida oʻqituvchilar almashinuvini tashkil etish;

universitetdagi ijtimoiy-iqtisodiy muhitga amaliy yondashish maqsadida top-menejerlar almashinuvini tashkil etish;

talabalar va doktorantlarning akademik almashinuvini tashkil etish;

oʻqituvchilar, talabalar va doktorantlarning amaliyot oʻtashlarini tashkil etish;

qoʻshma taʼlim dasturlarini amalga oshirish, oʻquv-metodik materiallarni, shu jumladan masofaviy taʼlimdan foydalangan holda metod va uslublarni ishlab chiqish;

oʻqituvchilar va talabalar uchun amaliyot va kurslar kabi yoʻnalishlarda olib boriladi.

Tashrif davom etmoqda.

Axborot xizmati