Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetida Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi, veterinariya fanlari doktori, professor X.Z.Ibragimov tavalludining 105-yilligiga bagʻishlangan “YANGI OʻZBEKISTONDA VETERINARIYA TERAPIYASINING YUTUQLARI VA ISTIQBOLDAGI VAZIFALARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy amaliy konferensiyada universitet rektori – biologiya fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan chorvador Yunusov Xudaynazar Beknazarovichga Oʻsh davlat universiteti (Qirgʻiziston) “Fahriy professori” unvoni topshirildi.
Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining mintaqadagi yaqin hamkorlaridan biri boʻlgan Oʻsh davlat Universiteti professori Abdurasulov Abdugani Xolmirzayevich diplomni rektorga tantanali ravishda topshirdi va hamkorlikning yangi istiqbollari xususida gapirdi.
Shuningdek, marosimda professor Abdugʻani Abdurasulov ham SamDVMCHBU “Faxriy professori” boʻldi.
Axborot xizmati