Samolyot oynasi yorilib, uchuvchi undan chiqib ketdi

    Bo'sh vaqtda 27 Iyul 2020 2656

    1990-yilning 10-iyunida Buyuk Britaniyaning “British Airlines 5390” reysi Birmingemdan Ispaniyaning Malaga shahriga jo‘nadi. Bortda 81 yo‘lovchi va 6 nafar ekipaj a’zozi bor edi.

    Parvoz paytida uchuvchilar kabinasining old oynasi yorilib, bort kapitani Lankaster uchib chiqib ketdi. Uningoyog‘i rul va boshqaruv paneli orasida ilinib qolib, o‘zi esa orqasi bilan samolyot fyuzelyajining tashqari qismiga taqab qo‘yildi. Samolyot uchuvchining yarim tanasi chiqib turgancha shu holda yerga qo‘ndi.

    Samolyotdan uchib ketmasligi uchun styuart Nayjel Ogden qo‘nishga qadar kapitanni oyog‘ini ushlab turishi kerak edi. U tezlik va bosim og‘irligi ostida kapitanning allaqachon o‘lganiga ishonardi, kuchi yetmayotganligini sezgan Nayjel uni qo‘yib yubormadi va boshqa bortprovodniklarni ham yordamga chaqirdi. Chunki kapitan korpus dvigateliga tushib, yonib ketishi ehtimoli bor edi va bu laynerning xavfsiz qo‘nish imkoniyatini kamaytirardi.

    Ikkinchi uchuvchi Atchison dispetcher bilan aloqa o‘rnatishga muvaffaq bo‘ldi. Samolyot Sauntgempton aeroportiga yuborildi va muvaffaqiyatli qo‘ndirildi. Lankaster shifoxonaga evakuatsiya qilindi, yo‘lovchilarning hech biri jabrlanmadi.

    Samolyot qo‘nganiga ko‘p vaqt o‘tmay Lankaster hushiga keldi. Shifokorlar uning sog‘lig‘iga jiddiy xavf yo‘qligini bildirib, unga chap qo‘li barmog‘i va o‘ng qo‘li ikki joyidan singani, sovuq urishi va shok holati tashxisini qo‘yishdi. Styuart Nayjel Ogden esa halokatdan beshikast, bir-ikki joyi ko‘karib, mayda kesilishlar bilan qutuldi.

    Besh oydan so‘ng Lankaster yana samolyot shturvaliga o‘tirib, uni boshqarishni boshladi. U 55 yoshigacha British Airways aviakompaniyasining uchuvchisi bo‘lib xizmat qildi va shundan keyin nafaqaga chiqdi.

    AAIB tergovining yakuniy hisoboti 1992 yilning 1 fevralida e’lon qilindi.

    Tekshiruv davomida tergovchilar samolyot jo‘nashidan 27 soat oldin unga yangi peshoyna o‘rnatilganligi va ushbu favqulodda reys almashuvdan so‘ng birinchi bo‘lganini, oynani mustahkamlagan 90 murvatdan 84 tasi kerakli diametrdan kichikroq bo‘lganligini aniqlashdi. Parvoz paytida kabina va tashqaridagi havo bosimidagi tafovut oqibatida old oyna siqib chiqarilgan.

    Qolgan boltlarning yo‘g‘onligi to‘g‘ri diametrga ega bo‘lib, kerak bo‘lganidan 2,5 millimetr qisqa edi. Bu murvatlar to‘rt yil davomida oldingi old oyna o‘rnatilishida ham ishlatilganligi ma’lum bo‘ldi.

    Bundan tashqari, AAIB Birmingem aeroportidagi British Airways aviakompaniyasining texnik bazasi smena boshlig‘i tomonidan noto‘g‘ri o‘rnatilgani halokatga sabab bo‘ldi, degan xulosaga keldi. U hujjatlarni tekshirish o‘rniga, ombordan olgan boltlar oldingisi bilan bir xil deb o‘ylab, bir o‘lchovga xato qilgan.

    AAIB shuningdek, aviakompaniya tomonidan yana bir qancha qoidalarning buzilishi va texnik xodimlar ishi ustidan yetarli nazorat qilinmaslik holatlarini qayd etdi.

    Ushbu halokatdan so‘ng British Airways 5390 raqamli reysdan foydalanmay qo‘ydi.

    Bahora MUHAMMADIYeVA tarjimasi.