“Samosud”ni videoga olib tarqatgan shaxs 22 million soʻm jarimaga tortiladi

    Xavfsizlik 15 Yanvar 2021 2333

    “Samosud”ni videoga olib internetda tarqatgan shaxs 22 million soʻmdan ortiq jarimaga tortiladi. Bu haqda IIV tergov departamenti boʻlim boshligʻi Azizbek Dolixoʻjayev maʼlum qildi.

    “Samosud” jarayonini videotasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirayotgan boʻlsa, Jinoyat kodeksining 130 (prim)-moddasi, yaʼni zoʻravonlik va yoki shafqatsizlikni targʻib qiluvchi maʼlumotlarni tayyorlash, uni tarqatish yoki joylashtirganlik uchun avvalombor maʼmuriy javobgarlik nazarda tutilgan.

    Bunda jismoniy shaxslarga 100 baravargacha miqdorda, yaʼni 22 million soʻmdan ziyod jarima jazosi qoʻllanishi, uning harakatlari jinoyatni keltirib chiqaradigan boʻlsa, 3 yilgacha axloqni tuzatish ishlari jazosi nazarda tutilgan», deydi mutaxassis.