Maʼlumotlarga koʻra, qurilma displeyni tashqariga siljitish imkonini beruvchi dizaynga ega. Agar zarur boʻlsa, uning moslashuvchan ekrani buklanishi ham mumkin. Buklangan holatda qurilma ixcham oʻlchamlarga ega boʻladi, lekin ochilganda uni planshet sifatida ham ishlatish mumkin.

Qayd etilishicha, Koreya korporatsiyasi muhandislari birinchi shunday gibrid qurilmani yaratgan boʻlishi mumkin. “Maxsus dizayn katta ekranda video tomosha qilish va oʻyinlardan foydalanish imkonini beradi”, — deya taʼkidladi ixtiro muallifi. Displeyni kengaytirish uchun maxsus mexanizm masʼul boʻlib, old panelni suradi va ochadi.

Boʻlajak smartfon haqida qoʻshimcha maʼlumotlar oshkor etilmagan. Muallifning soʻzlariga koʻra, patent Butunjahon intellektual mulk tashkiloti maʼlumotlar bazasida iyun oyida paydo boʻlgan, biroq tashkilot uni faqat yil oxirida eʼlon qildi. Taʼkidlanishicha, qurilma hali patent olish jarayonida.