Keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga sanatoriylarda davolanish uchun yoʻllanmalar faqat DXM yoki YAIDXP (my.gov.uz) orqali beriladi.
Yoʻllanmalar quyidagi toifadagi keksalar va nogironligi boʻlgan shaxslarga beriladi:
- urush nogironlariga va qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar;
- halok boʻlgan harbiy xizmatchilarning yangi nikohdan oʻtmagan beva xotinlari (beva erlari);
- respublika ahamiyatiga molik shaxsiy pensiya oluvchi shaxslar;
- Chernobil AES halokati oqibatida nurlanish kasalligiga chalingan va uni boshidan kechirgan shaxslar, shuningdek, Chernobil halokati sababli nogiron boʻlib qolgan shaxslar;
- yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan pensiya yoshidagi shaxslar;
- I va II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, koʻzi ojiz I guruh nogironini kuzatib boruvchi shaxs;
- oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar;
- yoshga doir pensiya oluvchilar.
Aytish joiz, davlat xizmatlari koʻrsatilgani uchun yigʻim undirilmaydi. Bu haqida Huquqiy axborot telegram kanali xabar bermoqda