Unda Karabuk Universiteti Sanʼat tarixi kafedrasi dotsenti, sanʼatshunoslik doktori Gulzoda Mahmudjonova “Sanʼatshunoslik sohasini oʻqitish metodikasi Oʻzbekiston va Turkiya misolida” mavzusidagi maʼruzasi bilan ishtirok etdi.

Shuningdek, ushbu vebinar institut Sanʼatshunoslik va muzeyshunoslik fakulteti Sanʼat tarixi va nazariyasi kafedrasi Sanʼatshunoslik (tasviriy va amaliy sanʼat) taʼlim yoʻnalishi talabalari uchun “Umumsanʼat tarixi” fani doirasida tashkillashtirildi.

Vebinarda fakultet professor-oʻqituvchilari, doktorantlar va talabalar ishtirok etib, Turkiya taʼlim tizimiga doir oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar, deb yozmoqda Sanʻat va Hayot telegram kanali.