Sanatsiya qilish jamgʻarmasi tashkil etiladi

    Moliya 25 Iyun 2025 920

    Qonunga koʻra, sanatsiya qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilinguniga qadar Markaziy bank bankning aktivlari va majburiyatlari, shuningdek balansdan tashqari moddalari baholashdan oʻtkazilishini taʼminlaydi.

    Baholovchi Markaziy bankka quyidagilarni oʻz ichiga olgan xulosani taqdim etadi:

    • bankni sanatsiya qilish boshlangan kunda mazkur bankni majburiy tugatish tashabbus qilingan boʻlsa, sanatsiya qilinayotgan bank aksiyador va kreditorlari koʻrishi mumkin boʻlgan zararlarning miqdori;
    • sanatsiya qilinayotgan bankning aksiyadorlari va kreditorlari koʻrgan haqiqiy zararlar miqdori;
    • yuqorida koʻrsatilgan zararlar oʻrtasidagi farq.

    Shuningdek, Markaziy bank hamda Omonatlarni kafolatlash agentligining qoʻshma qarori asosida sanatsiya qilish jamgʻarmasi tashkil etiladi.

    Markaziy bank sanatsiya qilinayotgan bank tuzgan shartnomalar boʻyicha uning toʻlov va oʻtkazmalarga doir muayyan majburiyatlarini 6 haftadan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turishga haqli.