Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

➖ Majburiy ekologik sertifikatlanishi lozim boʻlgan mahsulotlar va chiqindilar roʻyxati;

➖ Davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi mahsulotlar roʻyxati;

➖ Sanitariya-epidemiologik xulosaga mos keladigan mahsulotlar roʻyxati.

Shuningdek, qarorga muvofiq “Oʻzstandart” agentligi texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi vakolatli davlat organlari bilan birgalikda muvofiqlikni baholash lozim boʻlgan mahsulotlar nomenklaturasini doimiy ravishda takomillashtirish choralarini koʻradi.