Sankt-Peterburgda ishlayotgan yurtdoshlarimizning hujjatlari qaytarib berildi

    Ish beruvchi ularning pasportlarini olib qoʻygan.

    Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Sankt-Peterburgdagi vakilligiga Oʻzbekiston fuqarolari vaqtincha ishlayotgan qurilish obyektlarida ish beruvchi ularning pasportlarini olib qoʻyilgani toʻgʻrisida murojaat qiladi.

    Muammoga oydinlik kiritish maqsadida ish beruvchi bilan suhbat oʻtkazilib, Rossiya Federatsiyasining amaldagi qonunchiligi asosida javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirildi va fuqarolarning pasportlari oʻz egalariga qaytarildi.

    Shuningdek, fuqarolarga Rossiya Federatsiyasi hamda Oʻzbekiston qonunchiligini buzmaslik, ommaviy namoyishlarda ishtirok etmaslik hamda turli vaʼdalarga uchmaslik yuzasidan targʻibot-tashviqot ishlari olib borildi.