Pushkin rayonida politsiya uch o'zbekistonlikni hisbga olgan. Politsiya ma'lumotiga ko'ra, ular o'z vatandoshini o'g'irlab ketishgan va qurilish maydonchasida ushlab turishgan.
Xabar bergan shaxsning so'zlariga ko'ra, taxmian soat 6 larda u yashaydigan uydan to'rtta notanish erkak 27 yoshli O'zbekiston fuqarosiga nisbatan jismoniy kuch ishlatib, uni mashinaga solib olib ketgan.
O'g'irlangan shaxs Peterburgda ro'yxatdan o'tmagan. SHikoyat qiluvchi politsiyaga mashinaning raqamini bergan va politsiya mashinani topgan.
O'sha kuni politsiya qurilish maydonchasida 36, 26, 25 yshli O'zbekiston fuqarolarini qo'lga olgan.
Hozir politsiya to'rtinchi shaxsni qidirmoqda.
Ularga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atish va gumondor sifatida hibsga olish masalasi 22 may kuni ko'rib chiqiladi.