Tomonlar Angren koʻmir konida sanoat chiqindilarini qayta ishlash va ekologik toza qurilish materiallari ishlab chiqarishni tashkil etishga Janubiy Koreya kompaniyasining innovatsion yechimlarini jalb qilish masalalarini muhokama qildi.
Janubiy Koreya kompaniyasining vakili “Oʻzkimyosanoat” AK bilan sement xom ashyosi va boshqa qurilish materiallari hamda yoʻl qurilishida ishlatilishi mumkin boʻlgan mahsulotlarni olish uchun sanoat chiqindilarini qayta ishlash boʻyicha hamkorlik masalasini oʻrganishga tayyorligini bildirdi, deb xabar beradi “Dunyo” AA.
Maʼlumot uchun, Li Ju Yon “KC Green Materials” kompaniyasi turli xil chiqindilar, shu jumladan koʻmir kukunini qayta ishlash boʻyicha tadqiqotlar va ishlanmalar bilan shugʻullanishini taʼkidladi. Kompaniya sanoat chiqindilaridan ekologik toza qurilish materiallarini ishlab chiqarish boʻyicha innovatsion yechimlar sohasidagi bir nechta texnologik patentga ega.