Davlatimiz rahbari hududlardagi shu kabi kamchiliklarni aniq misollar bilan koʻrsatib, infratuzilma uchun masʼul mutasaddilar va hokimlarning qurilish boʻyicha oʻrinbosarlarini qattiq ogohlantirdi.

Umuman, sanoat zonalarini rivojlantirish boʻyicha yangi tajriba amalga oshirilishi belgilandi.

Xususan, Buxoro, Navoiy va Toshkent viloyatidagi maxsus sanoat zonalarining 240 gektar maydoni xorijiy kompaniyalarga autsorsing asosida boshqaruvga beriladi.

Joriy yilda maxsus iqtisodiy hududlarda 309 ta yirik loyihalarni ishga tushirib, 40 mingta ish joyi yaratish, import oʻrnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish muhimligi qayd etildi.