Unga muvofiq 2025-yil 1-yanvardan jismoniy shaxslar tomonidan yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy ravishda yaratilgan yashash joylarida yoki tutqunlikda boʻlishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlarning roʻyxati belgilandi.
Shuningdek, hujjatga koʻra, ushbu yovvoyi hayvonlarni davlat va sayyor sirklarda (chodirlarda) saqlash va ulardan sirk tomoshalari uchun foydalanish taqiqlanadi.
Roʻyxatga kiritilgan yovvoyi hayvonlar Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining ruxsatnomalari asosida belgilangan tartibda yuridik shaxslar tomonidan tashkil etiladigan hayvonot bogʻlari va (yoki) pitomniklarda (terrarium, okeanarium va boshqalar) boqilishi mumkin.
Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan yovvoyi va zaharli hayvonlar qonun hujjatlariga muvofiq maxsus pitomniklarda boqiladi.