Saraton hujayralarini bartaraf etadigan parhez ishlab chiqildi

    Shimoliy Karolina universiteti tibbiyot fakulteti olimlari odam organizmidagi saraton hujayralarini bartaraf etadigan parhezni ishlab chiqdi.

    Olimlar sichqonlar ustida tajriba o'tkazishdi. Ular sinovdan o'tganlar ratsionidan tegishli aminokislotalarni chiqarib tashlashdi va shu tariqa hujayralarda lipid pereksi to'planib qoladigan, nekroz shakli bo'lgan ferroptozning zararli hujayralarni bartaraf etishi jarayoni yuzaga keldi.

    “Tadqiqot shuni ko'rsatdiki, sistein va metionin, ikkita oltingugurt aminokislotalari kam bo'lgan parhez ferroptoz mavjudligini oshirib, saraton hujayralarining nobud bo'lishi ehtimolini oshirishi mumkin. Sistein don, mol go'shti, tuxum va parranda go'shtida mavjud. Metionin Braziliya yong'og'i, baliq, cho'chqa go'shti, mol go'shti, tuxum va parranda go'shtida uchraydi”, dedi mutaxassislar.

    Bundan tashqari, ushbu parhezda sichqonlarda dori vositalarini qabul qilish jarayoni yaxshi kechdi, deyiladi korrespondent.net saytida.