Tadqiqotda 391 652 bemor ishtirok etdi. Ularning ma'lumotlari Britaniya biologik namunalar omboridan olingan. Olimlar sinov ishtirokchilarini 12 yildan ortiq vaqt davomida kuzatishdi. Ular muntazam piyoda yurish va saraton rivojlanish xavfini kamaytirish o'rtasida bog'liqlik borligini aniqlashdi.
Muntazam ravishda tez-tez qadam tashlaydigan ayollarning saraton kasalligidan o'lish ehtimoli 26 foizga kamroq bo'lgan. O'z navbatida, piyoda yurish erkaklar uchun xavfni 29 foizga kamaytirdi.
Tadqiqot mualliflaridan biri, doktor Jonatan Goldni tez yurish kardiorespirator tizimni yaxshilashi mumkinligini aytdi. Uning tushuntirishicha, bu organizmning kislorodni o'zlashtirib, uni mushaklar va organlarga yetkazib berish qobiliyatidir.
Bundan tashqari, tadqiqot shuni ko'rsatdiki, tez yurish ham erkaklar, ham ayollarda demensiyaning rivojlanish ehtimolini 71 foizga kamaytirishi mumkin. Tez yurish deganda soatiga taxminan 6,4 kilometr tezlikda qadam tashlash tushuniladi, deb xabar beradi lenta.ru.