Avran (Gratiola officinalis) Rossiyada o'sadi va ilgari xalq tabobatida keng qo'llanilgan. Yangi tadqiqotlar shuni ko'rsatdiki, u saraton kasalligini davolashda yordam beradi. Ushbu o'simlikka asoslangan dorini organizm yaxshi o'zlashtiradi va juda kamdan-kam holatlarda salbiy ta'sir ko'rsatadi.

Hozirgi vaqtda qo'llaniladigan dorilar o'sima hujayralarini ommaviy yo'q qilishga olib keladi. Bunday holda, organizmning intoksikatsiyasi yuzaga keladi. Avranga asoslangan mahsulot dasturlashtirilgan hujayra o'limi (apoptoz) jarayonini faollashtiradi.

Tajribalar davomida o't suvda yoki xloroformda eritilib, spirt bilan aralashtirildi. Natijada, olimlar eng katta biologik faollikka ega bo'lgan komponentlarni tanlashga muvaffaq bo'lishdi. Mazkur davolovchi vositaning o'simlikka asoslangan o'smalarga qarshi birinchi dori ekanligi ta'kidlandi.

Hayvonlar ustida olib borilgan sinovlar dori vositasi o'sma o'sishini 70 foizga kamaytirishini va xavfsiz ekanini ko'rsatdi. Rossiya sog'liqni saqlash vazirligi odamlarda klinik sinovlar o'tkazishga ruxsat berdi, deb xabar beradi mir24.tv.