«4 790 nafar xonadon egalariga 186,6 mlrd. soʻm moddiy yordam mablagʻlari plastik kartalarga tushirildi. Shundan, 4 541 ta fuqaroga 181,6 mlrd.soʻm (40 mln. soʻmdan) va 249 ta fuqaroga 5,0 mlrd.soʻm (20,0 mln soʻmdan).
Toshqini oqibatida uy-joylariga jiddiy zarar yetgan fuqarolar uchun jami 52,5 ga yer maydonlari tanlanib, 2 640 ta xonadonli 86 ta koʻp qavatli turar joy qurildi. Mazkur koʻp qavatli uylarning narxi shartnoma boʻyicha 855,4 mlrd. soʻm.
2 577 ta xonadon respublika, viloyat va tumanlar ishchi guruhlari hamda jamoatchilik vakillari tomonidan adolatli oʻrganilib, qurʼa tashlash yoʻli bilan egalariga topshirildi».