Unda Sardoba suv omborida yuzaga kelgan toshqin oqibatlari va ularni bartaraf etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berildi.
Maʼlum qilinishicha:
- - jami 74 591 aholi oʻz yashash manzillariga qaytarildi. 14 859 aholi esa koʻchirilgan hududlarda yashamoqda;
- - 1826 ta uyda taʼmirlash ishlari 97 foizga bajarildi;
- - yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyalariga jami 128 milliard soʻm ajratildi;
- - koʻp kvartirali uy-joylarni taʼmirlash va ularning tutash hududini tiklash hamda obodonlashtirish uchun jami 35,6 milliard soʻm mablagʻ sarflanadi. Xususan, uylarni taʼmirlash uchun 29,7 milliard soʻm va obodonlashtirish ishlariga 5,9 milliard soʻm sarflanadi;
2020-yilning 20-avgustiga qadar koʻp qavatli uy-joylarni taʼmirlash va 25-avgustga qadar tutash hududlarini obodonlashtirish ishlarini toʻliq yakunlash rejalashtirildi.
Ijtimoiy soha obyektlari qurilish-taʼmirlash ishlari jami 45 foizga, shundan:
- umumtaʼlim maktablari boʻyicha 44%;
- maktabgacha taʼlim tashkilotlari boʻyicha 15%;
- sogʻliq saqlash muassasalari boʻyicha 53%;
- kollej boʻyicha 31 foizga bajarildi.