8 407 nafar aholiga xizmat ko‘rsatuvchi mazkur muassasani qayta qurish va foydalanishga topshirish uchun davlat byudjetidan 2 milliard 200 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
Sirdaryo viloyat yagona buyurtmachi tashkilot injenering kompaniyasi buyurtmasi asosida viloyatda faoliyat ko‘rsatib kelayotgan «Rivoj Nur» qurilish tashkiloti quruvchilari mazkur muassasani yangi loyiha asosida noldan qurib, zamon talabiga javob berar darajada qurib, bugun foydalanishga topshirdi.
Sardobalik tibbiyot xodimlar endi yangi, barcha shart sharoitlarga ega bo‘lgan tibbiyot muassasada faoliyat ko‘rsatib, Yurtdosh va Do‘stlik mahallasi aholisiga xizmat ko‘rsatadi, deb xabar beradi Sirdaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi matbuot xizmati.