Sessiyada Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlari roʻyxatdan oʻtkazilib, Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalar toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlandi.
shuningdek sessiyada Toshkent viloyati hokimi tomonidan Parkent tuman hokimi lavozimiga Sardor Isoqulov nomzodi koʻrsatildi va Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashining qarori bilan Sardor Isoqulov Parkent tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.