Mazkur reysda Transport vazirligi, Fuqaro aviatsiyasi agentligi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” AJ va “Oʻzbekiston aeroportlari” AJning tegishli mutaxassis va ekspertlaridan iborat ishchi guruh parvoz qildi, deb yozadi Transport vazirligi axborot xizmati.
Ishchi guruh tomonidan Sariosiyo aerodromidan fuqaro aviatsiyasi parvozlarida foydalanish talablari, mavjud infratuzilma, Sariosiyo aerodromining «ATR-72» havo kemalarini qabul qilish imkoniyatlari oʻrganildi.
Shuningdek, fuqaro aviatsiyasi xalqaro normalariga muvofiq yoʻlovchi terminalini barpo etish va zaruriy infratuzilmani yaratish boʻyicha vazifalar belgilandi.
Belgilangan vazifalar amalga oshirilganidan soʻng Turizm qoʻmitasi hamda Surxondaryo viloyat hokimligi tomonidan hududga jalb etilgan turistlarni va mahalliy aholini aviamobilligini taʼminlash boʻyicha «ATR-72», «Let L-410» va undan kichik turdagi havo kemalari orqali aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyiladi.