Prokuratura organlari tomonidan Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda tarixiy yodgorliklarni muhofaza qilish va saqlashga qaratilgan tizimli nazorat tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda.
Nazorat tadbirlarida Surxondaryo viloyati, Denov tumanidagi V–VII asrlarga oid «Qorabogʻtepa-1» arxeologik yodgorligining 585 m/kub maydoni fuqaro С.С. va М.С.лар tomonidan uy-joy qurish maqsadida tekislab yuborilib, yodgorlikka 19,3 mlrd soʻmlik zarar yetkazilgan.
Shuningdek, Sariosiyo tumanidagi мил.авв. III–I asrlarga oid «Hayvontepa» arxeologiya yodgorligining 3500 m/kub maydoni «М.И.С» xususiy korxonasi tomonidan issiqxona qurish maqsadida buzilib, yodgorlikka 208,1 mlrd soʻmlik zarar yetkazilgan.
Aniqlangan holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.
Mazkur jinoiy qilmishlar qonunchilikka asosan ogʻir jinoyat hisoblanib, aybdor shaxslarga nisbatan 7-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoʻllaniladi.