Kuni kecha Sariosiyo va Denov tumanlarida 112 nafar bolajonlarning sunnat toʻyi oʻtkazilgani buning yorqin ifodasidir.
Sariosiyo tumanida homiylar koʻmagida 52 nafar bolajonlarning sunnat toʻylari “Yoshlar bogʻi”da keng shodiyonalar bilan oʻtkazildi. Ular uchun bogʻ hududidagi kinoteatrda multfilm namoyishlari va boshqa tadbirlar boʻlib oʻtdi.
Denov tumanidagi “Oʻzbegim” tantanalar saroyida “Mehr 2020-Denov” xayriya jamgʻarmasi tomonidan 60 nafar bolajonlarning sunnat toʻylari hamda 30 nafar qizlarning aqiqa marosimlari oʻtkazib berildi. Tadbirda ishtirok etgan tuman mutasaddilari sunnat toʻylari va aqiqa marosimlari oʻtkazilgan oʻgʻil-qizlarga homiylarning sovgʻalarini topshirishdi.