Bir zumda tadbirkorning tarvuzlari tilga tushib, eksportga ham yoʻnaltirilgandi.
Ayni qahraton qishda tadbirkor yana bir eksportbop mahsulot yetishtirmoqda.Koson tumanining Guvalak qishlogʻi hududida ajratilgan 10 gektar yer maydoniga toʻqsonbosti usulida ekilgan qizil lavlagilar havo harorati sovuq boʻlishiga qaramay, unib chiqdi.

– Qizil lavlagini eskportga yoʻnaltirish uchun avval uni yetishtirishni oʻrganish kerak. Shuni inobatga olib, biz Surxondaryo viloyati bilan tajriba almashdik,- deydi MCHJ ish yurituvchisi Akmal Qulnazarov. – Ekish ishlari noyabr oyi oxirlarida yakunlangan edi. Endi mart va aprel oylarida hosil olishni niyat qilib turibmiz.
Akmal Qulnazarovning maʼlumot berishicha, 1 gektar yer maydonida yetishtirilgan lavlagidan 40 tonna hosil olish imkoni bor. Tayyor boʻlgan mahsulot esa Rossiyaga eksport qilinadi.
Maʼlumotlarga eʼtibor qaratigan boʻlsak, ilgari qizil lavlagidan faqat dori sifatida foydalanishgan ekan. Hozirgi zamon olimlari esa uning salomatlik va uzoq umr koʻrishga katta taʼsir koʻrsatadigan moʻjizakor neʼmat ekanligini tasdiqlashmoqda.

“Sunny Land Export” MCHJ eksportga yoʻnaltiriladigan mahsulotlar turini koʻpaytirish, jumladan, bulgʻor qalampiri va ertapishar tarpeda navli qovun va tarvuz yetishtirishni ham maqsad qilib turibdi. Albatta, choʻl hududida, ishlatilmagan va qarovsiz yerlardan yaxshi hosil olish oson emas. Ammo ishbilarmon tadbirkor har qanday qiyin ishni ham uddasidan chiqadi. Dastlabki yillarda erishilgan natija buni isbotlab turibdi.
2021-yilda tadbirkor tomonidan 100 gektardan ortiq yer maydonlari oʻzlashtirilib, 200 ga yaqin mavsumiy ish oʻrinlari yaratilishi reja qilingan.