“Sarmoya kiriting va 10 baravar daromad qiling!” mazmunidagi yolgʻon xabarlarga ishonmang!

    Ijtimoiy tarmoqlar orqali shu mazmundagi yolgʻon xabarlar koʻpayib boryapti. Shu bois, IIV huzuridagi kiberxavfsizlik markazi ogohlantirish bilan chiqdi.

    “Facebook” ijtmoiy tarmogʻi va “Telegram” messenjerida tarqatilayotgan “Mening xayotim oʻzgardi, har kuni 4.000.000 soʻm ishlab topyapman, kanalga obuna boʻlib, sarmoya kiritdim va 10 baravar daromad oldim” mazmunidagi xabarlar kelsa, ASLO ularga ISHONMANG. Ushbu xabarlar YOLGʻON.

    Feyk xabarlarga aldanmang, batafsil maʼlumotlarni olish uchun bizning kanallarimizni kuzatib boring, deyiladi xabarda.