Ular yo'ldoshning sirtini ko'zdan kechiradi, borish qiyin bo'lgan joylarni kezib chiqadi, ularni o'rganib, ma'lumotlarni avtonom tarzda to'playdi.

EELS  Yerda, Oyda va boshqa joylarda, jumladan, tepaliklar, qum va muzlar, toshlar, marsoxodlar yetib borolmaydigan kraterlar, yer osti lava naychalari va muzliklar ichidagi bo'shliqlar kabi turli xil relyeflar orqali xavfsiz yo'lni tanlash imkoniyatiga ega.

Robotning uzunligi taxminan 4,8 metr, vazni esa 100 kilogrammga yaqin. Qurilma atrofdagi hududni 3D formatida qamrab olish va real vaqt rejimida operatorlarga video yuborish imkonini beruvchi texnologiya bilan jihozlangan. “Ilon” tanasiga yer osti bosimi, elektr o'tkazuvchanligi, harorat va boshqa ko'rsatkichlarni qayd etish imkonini beruvchi ilmiy jihozlar o'rnatiladi. NASAning qayd etishicha, qurilma relyef tuzilishini o'rganish, yashash imkoniyatini baholash va hayot belgilarini qidirish uchun mo'ljallangan.

EELS hozirda sinovdan o'tkazilmoqda. Uning Entseladga yuborilish sanasi hozircha noma'lum. Yuborilish vaqti 2024-yil oxirigacha kelishib olinishi kutilmoqda. Robotni Saturn yo'ldoshiga yetkazish uchun taxminan 12 yil kerak bo'ladi, deb xabar beradi mir24.tv.