Suhbat chog'ida Saudiya tomoniga O'zbekistonda ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, xususan, ta'lim tizimini takomillashtirish, professor-o'qituvchilarga munosib sharoitlar yaratish borasida olib borilayotgan izchil ishlar haqidagi ma'lumotlar taqdim etildi.

Uchrashuv doirasida Saudiya tomoniga O'zbekiston oliy ta'lim muassasalari, xususan Toshkent Davlat sharqshunoslik universiteti bilan Podshoh Abdulaziz nomidagi universitet o'rtasida o'zaro hamkorlik aloqalarini o'rnatish, o'qituvchi va talabalar almashuvini yo'lga qo'yish taklif etildi. Bunga javoban rektor A.al-YUbi turli sohalarda mamlakatimiz oliygohlari bilan hamkorlik o'rnatishga qiziqish bildirdi.

Muloqot yakunida Toshkent Davlat sharqshunoslik universiteti va Podshoh Abdulaziz nomidagi universitet o'rtasida o'zaro hamkorlik yo'nalishlarini muhokama etish maqsadida ikki oliy ta'lim muassasalarining mas'ullari o'rtasida onlayn uchrashuvlar tashkil etishga kelishib olindi.