Endilikda, Koronavirus mavjud emasligi haqidagi manfiy natijaga ega boʻlgan QR-kodli PZR test maʼlumotini SAPga kirishda taqdim etish tartibi bekor qilinmoqda.

“Umra-2022” mavsumida Saudiya Arabistoni Podshohligiga safar qilayotgan ziyoratchilar uchun safardan oldin olinadigan PZR test maʼlumotini taqdim etish tartibi bekor qilinganini maʼlum qilamiz.

Eslatib oʻtamiz, Umra dasturida safar qiluvchi ziyoratchilar koronavirusga qarshi quyidagi vaksinalardan biri bilan emlangan boʻlishi talab etiladi:

Pfizer/BioNTech;

Oxford-AstraZeneca;

Moderna;

Johnson & Johnson;