Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda “B.B.” ixtisoslashgan savdo kompleksi MCHJ direktori oʻrinbosari F.K. fuqaro S.K.ga MCHJ balansida yangi qurilgan yengil konstruksiyali savdo doʻkonini tanishlari yordamida olib berishi evaziga 20 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Departamentning Mirzaobod tuman boʻlimi va DXX xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Kadastr agentligining Oqoltin tuman boʻlimi boshligʻi S.R. tadbirkor D.T.ning yengil tipdagi savdo doʻkonining kadastr hujjatlarini tanishlari yordamida 1 200 AQSH dollari evaziga rasmiylashtirib berishini aytib, shundan 500 AQSH dollari va 1,2 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.     

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.