Muloqot davomida Oʻzbekiston va Avstriya oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik aloqalarini rivojlantirish hamda yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilindi.

Vazir oʻrinbosari Florian Frausher soʻnggi yillarda Avstriya ishbilarmon doira vakillarining Oʻzbekistonda faoliyat yuritishga qiziqishi ortib borayotganini taʼkidladi. U shuningdek, 2022-yil iyun oyida Toshkent shahrida “Oʻzbekiston – porlayotgan yulduz: Buyuk ipak yoʻlidagi yangi imkoniyatlar” shiori ostida oʻtkazilgan “Austria Connect Central Asia” konferensiyasi yakunlarini yuqori baholadi.

Muzokaralar natijasida Savdo-iqtisodiy hamkorlik boʻyicha Oʻzbekiston-Avstriya hukumatlararo komissiyasining 8-yigʻilishini joriy yilning ikkinchi yarmida Vena shahrida oʻtkazish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yigʻilishi kun tartibidan ikki mamlakat oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, savdo, investitsiya, transport-logistika, qishloq xoʻjaligi, tekstil, bank-moliya, turizm, ilm-fan va texnologiya sohalarida aloqalarni mustahkamlash masalalari oʻrin oladi.

Tomonlar Hukumatlararo komissiya yigʻilishi doirasida Oʻzbekiston-Avstriya biznes-forumini oʻtkazish maqsadga muvofiq ekanligini taʼkidlashdi. Mazkur iqtisodiy tadbirga Avstriya ishbilarmon doira, shuningdek, Fedaral iqtisodiy palata hamda mutasaddi vazirlik va idoralar vakillirini jalb qilish boʻyicha ham kelishib olindi.