Davlatimiz rahbarining 2023-yil 23-yanvardagi “Savdo-sanoat palatasi faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra, Savdo-sanoat palatasi huzurida Elektrotexnika masalalari qoʻmitasi tashkil etildi.
Uchrashuvda jamoatchilik asosida tashkil etilgan qoʻmitaning vazifalari, tuzilishidan koʻzlangan maqsadi va boshqa koʻplab mavzularda taqdimotlar oʻtkazildi, shuningdek, qoʻmita raisligiga nomzod maʼqullandi.
Qarorga koʻra, Savdo-sanoat palatasi huzurida jamoatchilik asosida tashkil etilayotgan qoʻmitalar raislari Palata raisining tegishli sohalar kesimida maslahatchilari etib tayinlandi.