Bu haqida vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Tanlovga uchta nominatsiya bo'yicha energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish mavzusini ommalashtirishga qaratilgan jami 50 dan ortiq ishlar taqdim etildi. Ko'plab qiziqarli ishlarni hisobga olgan holda, ishtirokchilarni qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish maqsadida tanlov hakamlar hay'ati sovrinlarni taqsimlashda har bir nominatsiya bo'yicha ikkita g'olibni taqdirlashga qaror qildi:

“Eng yaxshi videorolik” nominatsiyasi g'oliblari — Avliyoqulova Nafisa va Ismoilov Shohjahon. Ularga har biri 10 000 000 so'mlik sertifikatlar topshirildi.

“Eng yaxshi ijtimoiy banner” nominatsiyasi g'oliblari — Soliyev Muslimbek va Xudoyqulov Anvar. Ularning har biriga 7 500 000 so'mlik sertifikatlar topshirildi.

“Eng yaxshi maqola” nominatsiyasi g'oliblari — Vladimir Chernolutskiy va “Yangi O'zbekiston” gazetasi muxbiri Iroda Toshmatova. Ularning har biriga 5 000 000 so'mlik sertifikatlar topshirildi.

Eslatib o'tamiz, g'oliblarni tanlashning asosiy mezonlari sifatida matbuot va ijtimoiy tarmoqlarda energiyani tejash va energiya samaradorligini oshirish mavzusining yoritilishi, o'ziga xosligi va xolisligi e'tiborga olindi.

Tanlov jamoatchilik, xususan, yoshlarning e'tiborini tabiiy resurslarning saqlanishini ta'minlash va aholini energiya resurslaridan foydalanishda samarali va tejamli munosabatda bo'lishni rag'batlantirish masalalariga qaratildi. 

Tanlovning bosh homiysi “LUKOYL Uzbekistan Opereyting Kompani” MCHJ bo'ldi.