Saylov byulletenlarini Brayl alifbosida tayyorlash taklif etildi
Saylov
30 sen 2021, 15:18
705
Prezident sayloviga doir saylov byulletenini toʻldirish uchun Brayl alifbosi asosida tayyorlanadigan trafaret namunasi va tavsifini tasdiqlash hamda koʻzi ojiz saylovchilarning saylov byulletenini toʻldirishda foydalanishlari uchun har bir saylov uchastkasini ikki donadan trafaretlar bilan taʼminlash taklif etilmoqda.
Bu haqda Markaziy saylov komissiyasining kotibi Xudoyor Mamatov maʼlum qildi.
Shuningdek, saylovoldi tashviqotga oid telekoʻrsatuvlar imo-ishora tili va subtitr yozuvida berib borilmoqda, bosma nashrlar Brayl alifbosida ham tayyorlanib yetkazilmoqda.