Qayd etilishicha, COVID shifoxonalariga “yopiq saylov uchastkasi” maqomi berildi. Mustaqil yurish imkoniyati boʻlgan bemorlar shifoxona hududida maxsus tayyorlangan xonada ovoz berishlari tashkillashtiriladi. Yotoq rejimidagi bemorlar maxsus mobil saylov qutilari orqali ovoz berishlari tashkil etiladi.

Shuningdek,  141 791 nafar saylov komissiya aʼzosini emlash rejalashtirilgan boʻlib, rejaga asosan 132 645 ta saylov komissiya aʼzolari emlangan. Emlash jarayoni davom etmoqda.