Unda aytilishicha, saylovchining ushbu xatti-harakatlari qat'iyan taqiqlanadi. Saylov byulletenini ovoz berib bo'lgach, suratga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirish saylovning yashirin ovoz berish printsipini buzish demakdir. Hozirgi kunda barcha saylov uchastkalaridagi ovoz berish kabinalariga suratga olishni taqiqlash to'g'risidagi plakatlar joylashtirilmoqda.

Hurmatli fuqarolar, saylovning yashirin ovoz berish printsipini saqlagan holda, saylov byulletenini ovoz berib bo'lgach, suratga olib ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmasligingiz so'raladi, deyiladi xabarda.