Bunda sayohat tashkilotchilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 24-fevraldagi “Ichki va ziyorat turizmini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 100-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qilish xarajatlarining bir qismini respublika byudjetidan qaytarish tartibi to‘g‘risida”gi nizomning 33-bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligiga murojaat qilishi talab etiladi.
Arizalar Nizomda keltirilgan shaklda har oy yakuni bilan keyingi oyning 15-sanasidan kechiktirmay yozma yoki elektron shaklda taqdim etiladi.
Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.