Xabarda aytilishicha, noodatiy geografiyaga ega mazkur qatnovni tashkil etishdan koʻzlangan maqsad koʻhna Surxon vohasini Fargʻona vodiysi bilan yana-da yaqinroq qilishdan iborat.
Eslatib oʻtamiz, 10-may sanasidan boshlab haftaning har dushanba kunlari soat 10:45 da Termizdan uchgan havo kemasi, 12:05 Fargʻonaga kelib qoʻnadi. Haftaning har payshanba kunlari Fargʻonadan 08:40 parvozni amalga oshirgan yoʻlovchilar, Termizga 10:10 da yetib borish imkoniyatiga ega boʻladilar, deyiladi axborotda.
Mazkur qatnov uchun chiptalarni Fargʻona xalqaro aeroporti aviakassasidan sotib olishingiz mumkin.