Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sayxunobod tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, tumandagi mahalla kotibi U.Q. AJ “Asakabank” Guliston filiali masʼul shaxslari bilan oldindan oʻzaro til biriktirib, 4 nafar fuqaroning xabardorligisiz ularning nomiga “Har bir oila-tadbirkor” dasturi doirasida “baliqchilik” tashkil qilish uchun 120 mln soʻm imtiyozli kredit ajratilishiga erishib, ushbu mablagʻlarni oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan U.Q. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.