Yangi hukumat rahbarining birinchi vazifasi “parlamentda vakillik qilayotgan siyosiy kuchlar bilan maslahatlashuvlar” bo'ladi, deb yozdi Figaro. Lekornyu parlament a'zolarini byudjetni tezda qabul qilish va “kelgusi oylarda qaror qabul qilish uchun zarur bo'lgan kelishuvlarga erishish” zarurligiga ishontirishi kerak.
Yangi hukumat faqat Lekornyu siyosiy partiyalar bilan maslahatlashganidan keyin tayinlanadi.
Dastlab Lekornyu Fransua Bayru iste'foga chiqqanidan keyin Bosh vazir bo'lish uchun favorit hisoblangan.
Sebastyan Lekornyu Emmanuel Makron hokimiyat tepasiga kelganidan beri ettinchi, so'nggi uch yil ichida esa beshinchi bosh vazir bo'ldi, deb xabar berdi rg.ru.








