Unda Fargʻona viloyatidan saylangan Oliy Majlis Senati aʼzolari, Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat hokimining oʻrinbosarlari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Maʼlumki, shu yilning 12-17-aprel kunlari Oliy Majlis Senati ishchi guruhi Fargʻona viloyatida “mahallabay” tizimida asosida “temir daftar”, “ayollar daftari”, “yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalar bilan ishlash, bandligini taʼminlash, yashash, uy-joy sharoitlarini yaxshilash boʻyicha sektorlar kesimida amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlarni oʻrgangan edi.

- Ishchi guruh xulosalarini joyida oʻrganish maqsadida uch kun mobaynida Qoʻshtepa, Toshloq, Oltiariq tumanlari va Quvasoy shahrida boʻldim, - dedi Tanzila Norboyeva. – Uchta daftar roʻyxatiga kiritilganlar bilan ishlash borasida Fargʻonada oʻziga xos tizim yaratilgan, lekin baʼzi sektorlar rahbarlari, deputatlarda faollik yetishmayapti.

Yigʻilishda tosh-shagʻal yerlarda issiqxonalar tashkil etishda Oltiariq tajribasi, mahallada kichik sanoat korxonalari faoliyatini yoʻlga qoʻyishda Toshloq tumani yutuqlari, viloyatda 13 ta hududda Hunarmandlar markazlari barpo etish, kichik va yoshlar sanoat zonalariga katta eʼtibor qaratilayotgani alohida eʼtirof etildi. Ammo viloyatning baʼzi tumanlarida kam taʼminlangan qatlamni uy-joy bilan taʼminlash, ijtimoiy uylar tashkil etish, tadbirkorlikni rivojlantirish orqali yangi ish oʻrinlari yaratish masalalarida kamchiliklar ham borligi koʻrsatib oʻtildi.

Yigʻilishda Buvayda, Qoʻshtepa, Uchkoʻprik, Fargʻona, Toshloq, Beshariq, Oʻzbekiston, Rishton singari bir qator tumanlarda sektor rahbarlari faoliyatini yana-da kuchaytirish boʻyicha tavsiyalar berildi.

Shahar-tuman studiyalaridan qatnashgan sektorlar rahbarlari bilan onlayn muloqotlar oʻtkazilib, bundan buyon aniq maqsad va reja asosida ish tashkil etish boʻyicha kelishib olindi.