Senat rahbariyati va xalqaro tuzilmalar vakillari ishtirokida videokonferentsiya o‘tkaziladi

    Hukumat 14 Sentabr 2020 1221

    2020-yilning 16-17-sentyabr kunlari soat 10:00 da “Pandemiyaning Markaziy Osiyoga ta’siri: ilk saboqlar, koronainqiroz va o‘zgarish istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy videokonferentsiya bo‘lib o‘tadi.

    Anjuman «Zoom» platformasi orqali o‘tkaziladi.

    Xalqaro tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva, Senat Raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev, bir qator xalqaro tashkilotlar, akademik doiralar vakillari, taniqli davlat va jamoat arboblari, ekspertlar ishtirok etadi.

    Konferentsiyada pandemiyadan kelib chiqadigan xulosalar, uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini bartaraf etish, bu yo‘nalishda xalqaro hamkorlikni mustahkamlash vazifalarini muhokama etish nazarda tutilgan.